Toshkent sh,
A.Temur ko‘chasi, 107-B, 100084
xaritada ko'ring

Ariza qoldirish

Itb guruhi kuni

TAIBA Leasing rahbariyati kompaniyaning ona tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “ITB guruhi kuni” konferensiyasida qatnashdi.

Islom taraqqiyot banki guruhining prezidenti Bandar Xajar 17-20 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Seshanba kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston vazirliklari va idoralari, xususiy sektor, diplomatik korpus va xalqaro moliya institutlarining vakillari ishtirokida “ITB guruhi kuni” konferensiyasi o‘tkazildi.

«Islom taraqqiyot banki (ITB)» va O‘zbekiston hukumati seshanba kuni 2018-2021 yillarga hamkorlik strategiyasini imzoladilar, ushbu strategiya 1,3 mlrd dollar miqdorida mablag‘lar taqdim etilishini ko‘zda tutadi», — deyiladi xabarda.

Tegishli hujjatni seshanba kuni Toshkentda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi Suxrob Xolmurodov va ITB prezidenti Bandar Xajar imzoladilar.

Bank shu tariqa respublikaning iqtisodiyot va innovatsion faoliyat sohasidagi loyihalarini rivojlantirish borasida qo‘llab-quvvatlash niyatida. Bunda 475 mln dollar energetika, transport sohalari va shaharni rivojlantirishga, 300 mln dollar – qishloq joylarida uy-joy va infratuzilma qurilishiga, yana 300 mln dollar – savdoni moliyalashtirishga, 140 mln dollar – ijtimoiy rivojlanishga va 85 mln dollar – xususiy biznes loyihalariga yo‘naltiriladi.