«TAIBA LEASING» MCHJ CHEKning lizing loyihalarini moliyalashtirish va monitoring qilish bo‘limi to‘liq servis xizmatlarini ko‘rsatadi, Lizing obyekti va lizing loyihalari bo‘yicha garovlarning sug‘urtasini amalga oshiradi.
Sug‘urta lizing oluvchi yoki TAIBA LEASING kompaniyasi tomonidan akkreditatsiyalangan sug‘urta kompaniyalarida amalga oshirilishi mumkin.
Lizing obyekti va garov sug‘urtasi TAIBA LEASING bilan kelishilgan sug‘urta kompaniyalarida butun lizing muddatiga amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasi butun lizing muddatiga bir marta (har yili sug‘urta mukofotini to‘lash bilan) yoki lizing muddatining har bir yiliga alohida tuziladi.
Sug‘urta muddati davomida har bir sug‘urta davriga sug‘urta summasi lizing obyektining haqiqiy qiymatidan past bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Taiba Leasing © 2010 — 2023
Saytdagi ma'lumotlar ommaviy taklif emas