Lizing dasturlari, shartlari

Lizing kreditlashga muqobil variant sifatida har qanday tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda jiddiy moliyalashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Mana 13 yildirki, TAIBA FINANCE kompaniyasi yirik va kichik korxonalardan iborat mijozlar bilan birgalikda lizing oluvchi kompaniyalarning ambitsioz investitsion rejalarini hayotga tatbiq etgan holda, ularning transport, maxsus texnika va uskunalarga bo‘lgan ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarmoqda.

TAIBA FINANCE kompaniyasi yil sayin o‘sish va rivojlanishga mo‘ljal olgan toboro ko‘proq mijozlarga dadillik bag‘ishlamoqda. Faqat oxirgi 2 yil ichida portfelimizdagi lizing oluvchilar soni ikki baravardan ko‘pga oshdi. Lizing mahalliy ishlab chiqaruvchilar, savdo va transport korxonalariga, tarmoq yetakchilari va kichikroq ishtirokchilarga o‘z kuchiga ishonish va faoliyat ko‘lamini yangi darajaga chiqarish imkonini beradi.

Lizing – bu moliyaviy oqimlaringizni rejali boshqarishdir. Siz lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida biznesingiz byudjetini aniq hisoblaysiz va lizing shartnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar sxemasi tufayli pul mablag‘larini boshqarasiz, bu teng miqdordagi har oylik (choraklik) to‘lovlarni nazarda tutadi.

Lizingga olingan uskuna (lizing obyekti) nafaqat o‘zini oqlaydi, balki daromadingizni sezilarli darajada oshirish imkonini ham beradi.

 

TAIBA FINANCE kompaniyasida lizing afzalliklari:

  • Biznesning mavsumiyligi va boshqa xususiyatlariga qarab lizing to‘lovlarini oldindan uzish imkoniyati.
  • So‘mdagi loyihalarni ko‘rib chiqish tezligi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda – 1-2 ish kuni
  • Raqobatbardosh foiz stavkalari.
  • Loyihani moliyalashtirish davrida Lizing oluvchi tomonidan hech qanday to‘lovlar yo‘q (avans to‘lovi va Lizing beruvchining komissiyasidan tashqari). Komissiya barcha xarajatlarni, shu jumladan lizing obyektining sug‘urtasini ham o‘z ichiga oladi. Birinchi lizing to‘lovi lizing obyekti Lizing oluvchiga berilganidan keyin lizing muddati boshlangan kundan boshlab bir oydan so‘ng amalga oshiriladi.
  • Shartnoma bo‘yicha barcha to‘lovlar shartli qiymat bo‘yicha (to‘liq sotib olish to‘lovi) to‘langanidan keyin lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga o‘tadi.

 

Lizing qanday olinadi:

  1. Lizingga Arizani to‘ldirish
  2. Hujjatlar paketini to‘plash
  3. Bitim bo‘yicha hujjatlar to‘plamini imzolash, avans to‘lovini va loyihani ko‘rib chiqqanlik uchun Lizing beruvchining yig‘imini (Lizing beruvchining komissiyasini) to‘lash.
  4. Lizing shartnomasi va xarid qilish-sotish shartnomasi kuchga kirgan hisoblanadi!

 

Siz uskunani tanlaysiz

Lizingni moliyalashtirishga arizani to‘ldirasiz va uni “TAIBA FINANCE” kompaniyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etasiz

Bitim bo‘yicha hujjatlar to‘plamini imzolaysiz, garovni rasmiylashtirasiz va avans to‘lovini to‘laysiz

Shu daqiqadan boshlab lizing shartnomasi va xarid qilish-sotish shartnomasi kuchga kirgan hisoblanadi!

Sharapov A.M.

Sharapov Azamat Masharipovich

Xatarlarni boshqarish bo'limi boshlig'i

Ishonch telefoni

Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha
Tushlik 13:00 dan 14:00 gacha

Qo'ng'iroq qiling Bog'lanish E-mail