Lizing Arizasi
Murobaha arizasi
Kalkulyator

Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhining “Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, hayotni boyitish” shiori ostidagi yillik yig‘ilishi

2025 yil 19 maydan 22 maygacha Jazoir Xalq Demokratik Respublikasidagi Abdelatif Rahal Xalqaro konferensiya markazida Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhining “Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, hayotni boyitish” shiori ostidagi yillik yig‘ilishi hamda biznes yetakchilari, siyosatchilar va investorlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bilimlar almashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan muhim platforma hisoblangan xususiy sektorni 13-sonli forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum ITBning 57 a’zo mamlakatidan 1300 nafardan ortiq ishtirokchini jalb qildi.

Kompaniya bosh direktori Bakhodir Kadirov forumning business dasturida ishtirok etdi, shu jumladan:

  • Rivojlanayotgan bozorlarda islom moliyalasini istiqbollariga bag‘ishlangan sessiyalar;
  • Barqaror iqtisodiy o‘sishda xususiy sektorning roli haqidagi muhokamalar;
  • Islomiy banklar va investitsiya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar.

TAIBA FINANCEning Islom taraqqiyot banki Guruhining 2025 yillik yig‘ilishida ishtirok etishi islomiy moliya dunyosidagi asosiy ishtirokchilar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Islom moliyasi sohasida O‘zbekistondagi ishonchli hamkor sifatida TAIBA FINANCE shariat standartlari va zamonaviy mijos ehtiyojlariga mos ilg‘or yechimlarni joriy etishda davom etadi.

Sharapov A.M.

Sharapov Azamat Masharipovich

Xatarlarni boshqarish bo'limi boshlig'i

Ishonch telefoni

Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha
Tushlik 13:00 dan 14:00 gacha

Qo'ng'iroq qiling Bog'lanish E-mail