Ariza qoldirish

Kompaniya haqida

Mas’uliyati cheklangan jamiyati TAIBA LEASING xorijiy korxona (MCHJ «TAIBA LEASING» XK) mas’uliyati cheklangan jamiyati TAIBA FINANCE xorijiy korxona (MCHJ «TAIBA FINANCE» XK) xorijiy korxona deb qayta nomlandi . Ushbu o’zgarish kompaniya Ustavining yangi tahriri qabul qilinishi va 2023 yil 15 maydagi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi munosabati bilan kuchga kirdi.

«TAIBA LEASING» MCHJ CHk o‘zining O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini 2011-yilda, Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) kompaniyasi 3-Toshkent xalqaro lizing forumida taqdim etilgan paytdan boshladi. «TAIBA LEASING» kompaniyasi Islom Taraqqiyot banki Guruhiga kiruvchi XSRIKning 100% sho‘ba korxonasi hisoblanadi.

TAIBA LEASING O‘zbekiston Respublikasi hududida lizing xizmatlarining keng doirasini taqdim etish maqsadida tashkil qilingan. Yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, ayniqsa, raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yuqori darajasiga ega bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish TAIBA LEASING kompaniyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Mana 12 yildirki, TAIBA LEASING  o‘zbekistonlik lizing oluvchilar, ya’ni foyda olayotgan va istiqbolli biznesga ega korxonalar uchun raqobatbardosh lizing shartlarini taklif etmoqda. Bugungi kunda ona kompaniya bilan yaqin hamkorlikda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi mijozlarni moliyalashtirish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Kompaniya bugungi kunda shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistondagi yagona lizing kompaniyasi hisoblanadi. Hozirga qadar umumiy qiymati 36 mln AQSH dollari ekvivalentida 250 dan ortiq loyiha moliyalashtirildi.

 

Bizning missiya

«Biz doim mijozlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz va uning yonidamiz: ularga real va oddiy moliyaviy yechimlarni taklif qilgan holda o‘z biznesini rivojlantirishga yordam beramiz. Taqdim etiladigan xizmatlarning yuqori sifati, biznesni yuritishning xalqaro standartlari va kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi barqarorligi tufayli mijozlar TAIBA LEASING kompaniyasiga ishonadi va uni tanlaydi».

TAIBA LEASING — O‘zbekistondagi birinchi va yirik chet el lizing kompaniyalaridan biri. Biz chorvachilik sektori va qazib chiqarish sanoatidan tortib, to farmatsevtika yoki AT kabi yuqori texnologik sohalargacha bo‘lgan mamlakat iqtisodiyotining barcha muhim sektorlarida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni faol moliyalashtiramiz. Tijorat transport vositalarining har xil turlari, agrar va maxsus qurilish texnikasi hamda turli ishlab chiqarish va boshqa uskunalar lizingi faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

 

Qadriyatlarimiz

«Biz Islom Taraqqiyot Banki (ITB) xalqaro guruhining bir qismi bo‘lgan holda, XSRIKning barcha kompaniyalari va ITBning o‘zi uchun umumiy bo‘lgan tamoyillar va qadriyatlarga amal qilamiz»

Mana 12 yildirki, TAIBA LEASING  o‘zbekistonlik lizing oluvchilar, ya’ni foyda olayotgan va istiqbolli biznesga ega korxonalar uchun raqobatbardosh lizing shartlarini taklif etmoqda. Bugungi kunda ona kompaniya bilan yaqin hamkorlikda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi mijozlarni moliyalashtirish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda

Asosiy raqamlar va ko‘rsatkichlar

12 yillik

faoliyat O‘zbekistonda

40 mln.

AQSH dollaridan ortiq
Loyihalar qiymati