Lizing kreditlashga muqobil variant sifatida har qanday tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda jiddiy moliyalashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Mana 13 yildirki, TAIBA FINANCE kompaniyasi yirik va kichik korxonalardan iborat mijozlar bilan birgalikda lizing oluvchi kompaniyalarning ambitsioz investitsion rejalarini hayotga tatbiq etgan holda, ularning transport, maxsus texnika va uskunalarga bo‘lgan ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarmoqda.
TAIBA FINANCE kompaniyasi yil sayin o‘sish va rivojlanishga mo‘ljal olgan toboro ko‘proq mijozlarga dadillik bag‘ishlamoqda. Faqat oxirgi 2 yil ichida portfelimizdagi lizing oluvchilar soni ikki baravardan ko‘pga oshdi. Lizing mahalliy ishlab chiqaruvchilar, savdo va transport korxonalariga, tarmoq yetakchilari va kichikroq ishtirokchilarga o‘z kuchiga ishonish va faoliyat ko‘lamini yangi darajaga chiqarish imkonini beradi.
Lizing – bu moliyaviy oqimlaringizni rejali boshqarishdir. Siz lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida biznesingiz byudjetini aniq hisoblaysiz va lizing shartnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar sxemasi tufayli pul mablag‘larini boshqarasiz, bu teng miqdordagi har oylik (choraklik) to‘lovlarni nazarda tutadi.
Lizingga olingan uskuna (lizing obyekti) nafaqat o‘zini oqlaydi, balki daromadingizni sezilarli darajada oshirish imkonini ham beradi.
Siz uskunani tanlaysiz
Lizingni moliyalashtirishga arizani to‘ldirasiz va uni “TAIBA FINANCE” kompaniyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etasiz
Bitim bo‘yicha hujjatlar to‘plamini imzolaysiz, garovni rasmiylashtirasiz va avans to‘lovini to‘laysiz
Shu daqiqadan boshlab lizing shartnomasi va xarid qilish-sotish shartnomasi kuchga kirgan hisoblanadi!
Taiba Finance © 2010 — 2024
Saytdagi ma'lumotlar ommaviy taklif emas
Xatarlarni boshqarish bo'limi boshlig'i
Ishonch telefoni
Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha