Islom tamoyillari bo‘yicha ishlaydigan har bir moliya institutining faoliyatida, boshqa barcha islomiy iqtisodiy munosabatlardagi kabi, huquqiy cheklovlarning to‘rtta turi amal qiladi.
Ulardan birinchisi sudxo‘rlikning taqiqlanishi (arab tilidan “riba” – “oshirish, o‘stirish” ). Qarz shartnomasida “Riba” qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga mablag‘lar taqdim etilganida olinadigan asosiy qarz summasiga qo‘shimchadan iborat. Keng ma’noda “riba” – bu savdo va moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirganda olinadigan foiz bo‘lib, u tomonlardan biriga tegishli kompensatsiyani taqdim etmasdan boshqasining hisobidan daromad olish imkonini beradi.
U qarz shartnomasi (riba an-nasia) yoki muayyan turdagi bir xil va bir o‘lchamli obyektlar teng bo‘lmagan miqdorda almashtirilishi (riba al-fadl) natijasida yuzaga kelishi mumkin. Unga qo‘yilgan taqiq, islomga ko‘ra pullar foydani oshirish uchun qo‘llanadigan jamg‘arish vositasi sifatida emas, balki muomala, ayirboshlash va hisob birligi sifatida yaratilgani bilan bog‘liq. Foiz stavkasining ijtimoiy va iqtisodiy ekspluatatsiya shakli sifatida tan olinishi (bu islomda adolat tamoyiliga to‘g‘ri kelmaydi), u taqiqlanishining asoslaridan biriga aylandi.
Huquqiy cheklovning keyingi turi — bitim shartlarida noaniqlikka taqiq (arabchadan “g‘arar” – “xatar”). Noaniqlik quyidagicha bo‘ladi:
Shunday qilib, g‘arar — bu shartnoma predmetidagi yoki tovar narxiga nisbatan noaniqlik, shuningdek moliya va tovar bozorlarida shunchaki spekulyativ xatar. G‘arar taqiqlangan, chunki un ing mavjudligi bir tomonga ikkinchi tomon hisobidan boyish imkonini beradi, bu ham islom normalariga ziddir.
Undan keyin iqtisodiy munosabatlarda qimor elementlariga taqiq mavjud (arab tilidan “meysir” – “qimor o‘yini”). Ikki yoki undan ortiq ishtirokchi tomon mavjudligini meysir belgilariga kiritish mumkin, ulardan har biri muayyan mulkni yanada ko‘proq mulkka ega bo‘lish imkoniyatini olish maqsadida o‘rtaga tikadi, bunda mulkning qayta taqsimlanishi (yutuq) kelajakda noaniq voqealar yuz berishi bilan bog‘liq. Natijada, mulkini tikkan tomon uni yo‘qotishi ham, tikkan mulkining ustiga begona mulkka ega bo‘lishi ham mumkin.
Meysir zamonaviy kapitalistik jamiyatning farqli xususiyatlaridan biri bo‘lib, u real boylikni ishlab chiqarmasdan pul mablag‘larini o‘z-o‘zidan ko‘paytirish maqsadida ulkan pul oqimlarining transchegaraviy migratsiyalariga ko‘maklashadi, bu esa moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarning asosiy sababchisi hisoblanadi.
Islom iqtisodiyotning real ishlab chiqarish sektorini moliyalashtirish ko‘zda tutgan bir paytda, uning tamoyillariga ko‘ra bitim, odatda, real aktiv bilan mustahkamlanishi kerak. Meysirga taqiq shu bilan izohlanadi, chunki daromad olish ishlab chiqarish va mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq emas, balki u zamona zayli hisoblanadi.
Huquqiy cheklovning oxirgi turi — alkogol, narkotik va pornografiya mahsulotlarini, tamaki mahsulotlarini va islomda taqiqlangan boshqa mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va tarqatish, shu jumladan cho‘chqa go‘shtini qayta ishlash va u bilan savdo qilish kabi taqiqlangan faoliyat turlarida ishtirok etishga taqiq. Ular sirasiga an’anaviy moliya sektorining katta qismini, zamonaviy ko‘ngilochar industriyaning katta qismini hamda atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadigan har qanday faoliyatni kiritish mumkin. Shuningdek Monopoliya o‘rnatish, qimor biznesi, lotereyalar va islom ma’naviyatiga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa faoliyat turlari taqiq ostida.
Nega bu tamoyillar ahamiyatga ega?
Bizning bitimlar va tranzaksiyalarimizda axloqiy tamoyillar va qadriyatli mo‘ljallarning yo‘qligi jamiyatlarimiz va atrof-muhit barqarorligini tahdid ostiga qo‘ygan voqealarga turtki bo‘ldi.
Xususan, bular:
Bu bizni xatti-harakatlarimiz jamiyatga, odamlarga, atrofimizdagi olamga va kelajak avlodlarga qay tarzda ta’sir qilishini qayta ko‘rib chiqishga majbur etishi kerak.
Islomiy moliya tomonidan qo‘llanadigan tamoyillar kuchli iqtisodiy asoslar va ma’naviy qadriyatlarga asoslangan barqaror jamiyatga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan. Ushbu tamoyillarni qabul qilish biznesni yuritish usulini o‘zgartirishda va barqarorroq olamni yaratishda ilk qadam bo‘ladi.
Qo‘shimcha axborot:
Taiba Finance © 2010 — 2025
Saytdagi ma'lumotlar ommaviy taklif emas
Xatarlarni boshqarish bo'limi boshlig'i
Ishonch telefoni
Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha