Toshkent sh,
A.Temur ko‘chasi, 107-B, 100084
xaritada ko'ring

Ariza qoldirish

Islomiy moliyalashtirish to‘g‘risida

Islomiy moliyalashtirish ma’naviy-axloqiy tamoyillar ustuvor bo‘lgan ijtimoiy yo‘nalishga ega, chunki odamlarning farovonligini ularning hayoti, tafakkuri, qadr-qimmati va mulkini saqlash orqali ta’minlash islomning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday ijtimoiy yo‘nalganlik iqtisodiyot rivojlanishining asosiy maqsadini belgilash, ya’ni xo‘jalik faoliyati natijalarini taqsimlashda ijtimoiy adolatni ta’minlash imkonini beradi, buni iqtisodiyotni rivojlantirish va xo‘jalikni o‘stirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, zamonaviy olim Xasanuz Zamon islom iqtisodiyotiga quyidagi ta’rifni beradi: “Islom iqtisodiyoti – bu islom tamoyillariga asoslangan bilim va uning inson ehtiyojlarini qondirish va ularga o‘zlarining Yaratuvchi oldidagi majburiyatlarini yaxshi bajarishi uchun imkon berish maqsadida ishlab chiqarish va moddiy resurslarni taqsimlash jarayonidagi adolatsizlikning oldini olishga yo‘naltirilgan tarzda qo‘llanishidir” .

Shunday qilib, islomda o‘zaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi tamoyillarga asoslangan:

  • foydali bo‘lishga intilish va faqat foydali faoliyat natijasida ishlab topilgan foydani ma’qullash;
  • odamlarning huquqlariga amal qilishga va hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • odamlarni ta’qib qilishni o‘z ichiga olgan har bir narsani taqiqlash, ular orasida din, hayot va odamlarning sharafi uchun barcha zararli narsalar o‘rtasidagi dushmanlikni keltirib chiqaradi.

O‘z faoliyatini islom huquqiga muvofiq amalga oshiradigan quyidagi institutlar bilan taqdim etilgan islomiy moliyalashtirish ham shu tamoyillarga asoslanadi:

  1. Islom banklari — depozitlarni qabul qiluvchi va jamg‘arilgan mablag‘larni investitsiya qiluvchi moliyaviy institutlar. Yordamchi bank bo‘linmalari yoki oddiy banklarning islom “darcha”lari ham ular sirasiga kiradi.
  2. Bank bo‘lmagan islom moliyaviy institutlari. Ularga islom uy-joy-qurilish kooperativlari, LIZING va faktoring kompaniyalari, mikro-moliya institutlari, xususiy investitsion va venchur fondlari, moliyaviy kompaniyalar hamda xayriya bilan bog‘liq institutlar kiradi.
  3. Islomiy sug‘urta (takafful).
  4. Islom kapital bozori va uning ishtirokchilari. Ularga brokerlik idoralari, investitsion banklar va hokazolar kiradi.
  5. To‘lov tizimini; skrining, savdo va kliring tizimlarini; internet-biznes infratuzilmasini; iqtisodiy xavfsizlik va likvidlikni ushlab turishni ta’minlashga ko‘maklashuvchi tashkilotlarni; tartibga soluvchi organlarni; moliyaviy hisobdorlik standartlariga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlarni; reyting agentliklarini; statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi tashkilotlarni; ta’lim muassasalari va idmiy-tadqiqot tashkilotlarini o‘z ichiga oladigan islom moliyaviy infratuzilmasi.

Qo‘shimcha axborot: Islom Taraqqiyot Banki huzuridagi Islom Tadqiqotchilik va Ta’lim Instituti faoliyati